Oʻzbekistonning Kiyevdagi Elchixonasi ularni Lvovdagi toʻplanish nuqtasidan “Krakoves” (Polsha) nazorat-oʻtkazish punktigacha yetkazishda yordam berishga tayyor.
Aralash nikohlar guruhi vakillarini Oʻzbekistonga evakuatsiya qilish imkoniyati boʻyicha soʻrovlarga javoban Elchixona ushbu shaxslar Oʻzbekiston fuqarolari olib chiqib ketilganidan soʻng, ehtimol, pullik asosda evakuatsiya qilinishi mumkinligi haqida tushuntirishlar bermoqda.
Ukrainadan Moldova orqali ham Vatanga qaytsa boʻladimi?
Ukrainaning Moldova Respublikasi bilan chegaradosh joylarida yashovchi 200 ga yaqin fuqarolarimiz boshpana izlab Moldova hududiga oʻtgan.
Hozirgi paytda ustuvorlik Polsha orqali evakuatsiya qilishga qaratilganligini inobatga olgan holda, fuqarolarimizni Moldovadan qaytarish masalasi keyinroq ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mazkur mamlakat havo hududi aviaqatnovlar uchun yopiqligicha qolmoqda.