Uning tashkilotchisi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron matbuot anjumani o'tkazmadi.
Makron tomonidan Myunxen konferensiyasidan so'ng Yevropa xavfsizligi va Ukrainadagi mojaroni muhokama qilish uchun chaqirilgan favqulodda yig'ilish Rossiya va AQSh o'rtasidagi muzokaralar fonida taxminan uch soat davom etdi.
Muzokaralarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Niderlandiya va Daniya yetakchilari ishtirok etdi. Bundan tashqari, Fransiya poytaxtiga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte yetib keldi, deb xabar beradi ria.ru.
Biroq Makronning qo'shma bayonoti yoki matbuot anjumani o'tkazilmadi. Polsha Bosh vaziri Donald Tusk jurnalistlarga aytganidek, sammitda Ukraina bo'yicha hech qanday qaror qabul qilinmadi.









