Joriy yilning 24-mart kuni Shotlandiya – Ukraina terma jamoalari oʻrtasida JCH-2022 saralash bosqichi pley-off bahsi boʻlib oʻtishi kerak edi. Ukrainalik futbol mutasaddilari mamlakatdagi vaziyat tufayli mazkur oʻyinni boshqa muddatga koʻchirishni soʻradi.
FIFA bu masalaga UYEFA va Shotlandiya futbol federatsiyasi bilan birgalikda tegishli yechim izlanishini eʼlon qildi.
USA Today maʼlumotlariga koʻra, oʻyin iyun oyiga koʻchirilishi mumkin.