O‘tgan yili Kiyev uchun eng yirik moliyaviy donor Yevropa Ittifoqi bo‘lgan. Ukraina Milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, uning ulushi taxminan 18 milliard yevroni tashkil etdi. 

AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar Jahon banki fondi orqali Kiyevga jami 15 milliard yevroga yaqin mablag‘ o‘tkazgan. Ukrainaga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 4 milliard yevroga yaqin mablag‘ kelib tushgan.