Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm, gender tenglikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar hozirgi zamon jamiyatida xotin-qizlar rolini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish va oʻtkazish imkoniyatlarini yuzasidan fikr almashdilar.

N. Doroshenko Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralariga yuksak baho berdi va mamlakatimiz yanada yaqin hamkorlik uchun ochiq ekanini, investitsiyaviy va iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoit yaratilganini taʼkidladi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar masalalar, shuningdek, turizm, gender tenglikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hozirgi zamon jamiyatida xotin-qizlarning rolini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Jumladan, har ikki mamlakat tadbirkor ayollarining imkoniyatlaridan foydalangan holda qoʻshma biznes-forum oʻtkazish taklif etildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va ularni yangi bosqichga olib chiqish muhimligi taʼkidlandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.