Muloqot chog‘ida mamlakatimizning, xususan Farg‘ona viloyatining Ukraina bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Ukraina elchisiga Farg‘ona viloyatida so‘nggi yillarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayonlari, viloyatning ulkan iqtisodiy-investitsion va turistik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 2022-yil mart oyida Toshkentda xalqaro biznes forum o‘tkazilishi belgilangani va Farg‘ona-Ukraina hamkorligida investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan ukrain korxonalari ro‘yxati berilsa, ularning vakillarini ushbu anjumanga taklif qilinishi bildirildi.
Elchi Nikolay Doroshenko ushbu taklifni qabul qilar ekan, 2022-yil may oyida Kievda tashkil etilayotgan katta forum haqida ham to‘xtalib, iqtisodiy aloqalarni yaxshilash maqsadida Farg‘ona viloyati delegatsiyasini forumga taklif qildi.
Farg‘ona viloyati va Ukraina o‘rtasida iqtisodiy-investitsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama yo‘l xaritasi tayyorlashga kelishib olindi.
Shuningdek, elchi Ukrainaning Nikolaev shahri va Farg‘ona shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha ham o‘z taklifini bildirdi.
Mehmonlar tashrif doirasida viloyatning diqqatga sazovor turistik joylari va milliy hunarmandchilik markazlari bilan yaqindan tanishib chiqadilar, deb xabar beradi Farg‘ona viloyat hokimligimatbuot xizmati.