Ular Xitoyda yurtimiz sharafini himoya qiladi

    Temur Kapadze tarkibni e'lon qildi

    Shu yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari Xitoyning Hangjou shahrida qit'aning eng yirik sport musobaqasi – Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning futbol turnirida Temur Kapadze murabbiyligidagi olimpiya jamoamiz ishtirok etadi.

    Bosh murabbiy 22 futbolchi kiritilgan tarkibga Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullaev va Umarali Rahmonalievni qo'shmadi. Bunga turnirning FIFA kunlarida o'tkazilmayotgani sababli o'yinchilarning klublari – “Lans”, TSSKA va “Rubin” qo'yib yubormagani sabab qilib ko'rsatildi.

    Osiyo o'yinlarining futbol turnirida quyidagi futbolchilar yurtimiz sharafini himoya qiladi:

    Vladimir Nazarov, Hamidullo Abdunabiev, Otabek Boymurodov, Muhammadqodir Hamraliev, Bekzod Shamsiev, Eldor Begimov, Hojimat Erkinov, Mahmud Mahamadjonov, Shohjahon Sultonmurodov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Sherzod Esonov, Asadbek Rahimjonov, Alibek Davronov, Otabek Jo'raqo'ziev, Alisher Odilov, Ulug'bek Hoshimov, Jasurbek Jaloliddinov, Husayn Norchaev, Ruslan Jiyanov.