Shu kunga qadar “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan Hakim Fuzaylov salomatligi tufayli oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi.
Oʻtgan mavsum “Buxoro” jamoasi bilan PRO ligadan Superliga yoʻllanmasiga ega chiqishda koʻrsatgan xizmatlari uchun Hakim Fuzaylovga klub rahbariyati, futbolchilar hamda jamoa ishqibozlari nomidan ham oʻz minnatdorligini bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ulugʻbek Baqoyev 2017-2018-yilgi mavsumlarda “Buxoro”da bosh murabbiy vazifasida ishlab, ishqibozlar koʻnglidan joy olgan edi. Yana bir bor jamoa ushbu murabbiyga ishonib topshirildi.