Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Parda Shukurov olib bordi. Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala koʻrildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Ergash Alibekovich Saliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari« aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.