Ulug'bek Rashitov Olimpiada chempioni

    Sport 9 Avgust 2024 311

    Olimpiya o'yinlarining taekvondo WT bo'yicha vazni 68 kilogrammgacha bo'lgan hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov va Zayid Karim (Iordaniya) finalda o'zaro raqobatlashdi.

    Keskin va murosasiz bahslar ostida o'tgan mazkur to'qnashuvda taekvondochimiz g'alaba qozondi.

    Bu natija esa Ulug'bek Rashitovga XXXIII Olimpiya o'yinlarining oltin medalini keltirdi. Shuningdek, u mamlakatimiz taekvondo WT tarixida ilk marotaba ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi bo'lgan ilk sportchiga aylandi.

    SHu tariqa, O'zbekiton sport delegatsiyasining jamg'armasidagi medallar soni 2 tadan oltin va bronzaga etdi.