Shaxmat: Umida Omonova shaxmatning blits yoʻnalishida Osiyo chempioniga aylandi

    Sport 18 Dekabr 2023 475

    Ayni kunlarda BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda.

    Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blits yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-oʻrin sohibiga aylandi.