Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bergan tashxislariga koʻra bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi koʻplab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala koʻz yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish diagnozi qoʻyilgan.
U.Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxasislari tomonidan konsultatsiya qilinib, zarur tibbiy yordamlar koʻrsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror. Uni RSHTYOIM viloyat filialiga koʻchirish chorasi koʻrilmoqda.
Viloyat hokimi U.Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning toʻlaqonli davolanishini oʻz nazoratiga olganligini bildirdi.