Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur reysda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yoʻl oldi.
Maʼlumot oʻrnida, ziyoratchilarimiz Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun boʻladi.
Ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi va ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.