“Umra-2022” yangi mavsumi: o‘zbekistonlik ilk ziyoratchilar umra amallarini ado etdilar

    O‘zbekistonlik ilk ziyoratchilar ziyoratning barcha amallarini ado etishib O‘zbekistonga qaytdilar.

    Joriy yil 22- sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan “Umra-2022” yangi mavsumida Saudiya Arabistoniga kelgan dastlabki o‘zbekistonlik ziyoratchilar 11 kun davomida Madina va Makka shaharlarida umra amallarini ado etdilar.

    Vatandoshlarimiz 2- oktyabr kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi havo qatnovi bilan Jiddagi Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportdan Toshkent shahriga uchib ketishdi.

    Ziyoratchilar Bosh konsulxona xodimlari, O‘zbekiston ishchi guruhi aʼzolari va Saudiyaning “Marmar” hamkor kompaniyasi vakillari tomonidan kuzatib qo‘yildi.

    Eslatib o‘tamiz: Bosh konsulxona “Umra-2022” yangi mavsumini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni o‘z nazoratiga olgan. Ziyoratchilarga O‘zbekiston Haj komissiyasi tomonidan yuborilgan ishchi guruh va malakali shifokorlar hamrohlik qilmoqda.