Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    Mamlakatimizda 15 Iyul 2025 749

    Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi qachondan boshlanishini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar koʻrsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. 30-yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.

    Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:

    • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar;
    • 3 kecha Madina, 7 kecha Makkada boʻlish;
    • Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yoʻnalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
    • Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
    • 3 mahal mazali taomlar;
    • Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
    • Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari, Nur va Savr togʻlariga ziyorat;
    • Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.

    Qoʻshicha qilinishicha, Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam oʻtishini taʼminlaydilar.