Qarorga koʻra, 2026-yil yakunigacha Turizm qoʻmitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi (Dastur) asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

2026-yil 15-yanvardan:

  • Malayziya va Indoneziyada Dastur boʻyicha kuchaytirilgan targʻibot kampaniyasi amalga oshiriladi;
  • turoperator (turagent)lar tomonidan Milliy turizm yagona platformasi orqali Dastur boʻyicha shakllantirilgan turistik dasturining onlayn sotuvi yoʻlga qoʻyiladi.

Dasturni amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida oʻquv-amaliyot laboratoriyasi tashkil etiladi.

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Malayziya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Turizm va mehmondoʻstlik” taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.