Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan (litsenziyaga ega) turoperatorlar ro‘yxati quyidagi havola (https://umra.uzbektourism.uz/uz/umrahratings) da keltirilgan.
"Hurmatli yurtdoshlar, “Umra” ziyoratiga borishda maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalanishda ogoh bo‘lishni va keyinchalik turli xil ko‘ngilsiz xolatlarga tushib qolmaslik uchun litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz, deyiladi Turizm qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.