“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-935-son, 02.07.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

    “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

    Bunda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

    Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln soʻm) etib belgilandi.

    Bundan tashqari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3mln 400 ming soʻm) etib belgilandi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.