Jidda shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida oʻzaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj – 2024” mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiya haj va umra ziyoratchilariga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish borasida oʻz fikr-mulohazalarni taqdim etdilar.
Muloqot yakunida Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Haj va umra vazirligi oʻrtasida muborak safarlarni yanada yaxshilash yuzasidan kelishuv imzolandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida haj va umra xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida, Podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Shu kabi muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlashtirishga erishildi.
“2024-yil 10-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ”Haj va Umra“ markazida umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16.600.000 soʻm etib belgilandi” deyiladi xabarda.