Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1984 y.t. shaxs tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, aldov yo‘li bilan poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining tanishlari orqali uni Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 1100 AQSH dollari talab qiladi. 

Natijada, mazkur shaxs 1 ming AQSh dollari va 1,2 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX, IJQKD va IIV xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Shu kabi noqonuniy holat Farg‘ona viloyatida ham kuzatildi. Jumladan, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma menejeri 2 nafar uchko‘priklik fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2200 AQSh dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakati fosh etildi. 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.