“Express” nashri Karolinska instituti (Shvetsiya) olimlari maʼlumotlariga asoslanib spirtli ichimlikdan voz kechish umrni 28 yilga uzaytirishga qodirligini maʼlum qildi.

20 yillik tadqiqot davomida mutaxassislar Daniya, Finlyandiya va Shvetsiyadagi aroqxoʻr necha yil yashashganini kuzatishgan.

Kuzatishlar ichkilikka ruju qoʻyganlarning turli kasalliklardan koʻproq vafot etgani, ichish natijasida oʻz hayotlarini oʻrtacha 28 yilga qisqartirishganidan dalolat berdi.

Butun dunyo boʻylab shifokorlar muntazam ravishda spirtli ichimlikning sogʻliqqa salbiy taʼsiri haqida ogohlantirib kelishadi. Ularning kam miqdori ham saraton va bepushtlik kasalligi ehtimolini oshiradi. Shuningdek, aqliy va jinsiy zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin.

Qolaversa, ichkilikdan koʻpincha jigar, yurak tizimi va miya aziyat chekadi.