Buxoro viloyati Qoravulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligida parrandalarni parvarishlash, tuxum va boshqa mahsulotlar yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi.

Buxoro viloyati Qoravulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 10,0 ming boshga moʻljallangan loyihaning umumiy qiymati 891,0 million soʻmlik kompleks qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Tez kunlarda ushbu kompleks qurilish ishlari toʻliq yakunlanadi, deya xabar beradi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi axborot xizmati.

Hududlarda bandlikni taʼminlash orqali aholi daromadini oshirish maqsadida, dastlab 10 ming bosh tovuq keltirib, koʻpaytirib, aholini tuxum, goʻsht va boshqa mahsulotlar bilan daromad topishga imkoniyat yaratiladi.