Konsepsiyaga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar turli darajalarda nishonlanib kelinmoqda.

Har bir umumxalq bayramining oʻziga xosligini inobatga olgan holda, umumxalq bayramlarining taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalari, turli bezaklari ishlab chiqiladi. Har bir umumxalq bayramining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmuni, tarixiy shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beruvchi qoʻllanmalar tayyorlanadi va keng tarqatiladi.

Umumxalq bayramlari doirasida “Eng iqtidorli yosh” aksiya-shou dasturini oʻtkazish orqali muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni xalqqa tanitish va shu orqali boshqa yoshlarni oʻz maqsadlari yoʻlida ruhlantirishga oid interaktiv tadbirlar tashkil qilinadi.

Bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, shu jumladan, “Oʻzbekiston bayramlari” kitobi tayyorlanadi va chop etiladi.