Turnirda universitetning barcha fakul`tetidan 17 ta guruh tuzilib, unda professor o'qituvchilar ishtirok etishdi.
1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o'tkazilgan «Univer Quiz» intellektual o'yini bayram oldi barchaga yaxshi kayfiyat ulashib, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, aqliy va mantiqiy fikrlashini yanada rivojlantirishiga turtki bo'ldi.
Bellashuvda 1-o'rinni yuridika fakul`teti, 2-o'rinni tarix fakul`teti va 3-o'rinni san'atshunoslik fakul`teti jamoalari egalladi.