Mahallada faollari, yoshlar va universitet rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida so'z yuritildi.
Universitet rektori Sadriddin Turobjonov nomidan mahallada tashkil etilgan kutubxonaga 50 dona badiiy kitob sovg'a qilindi. Tadbirdan so'ng mahalla yoshlari va faollari, universitet rahbariyati Muhandislik texnologiyalari fakul`teti tomonidan tashkil etilgan “Badiiy ijodkorlik”, “Axborot texnologiyalari” hamda “Yosh oila” to'garaklari faoliyati bilan tanishdi.