Universitetlarda Fransuz tilini oʻrgatish imkoniyatlari kengayadi

    Ta'lim 12 Aprel 2023 1391

    Joriy yil 12-aprelda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fransiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda, shuningdek, elchixonaning taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha attashesi Serj Bellini ham ishtirok etdi.

    Tomonlar ikki davlat universitetlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlash, professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishidagi ishlar boʻyicha fikr almashdi. Xususan, Oʻzbekiston universitetlarida fransuz tilini oʻrgatish imkoniyatlarini kengaytirish, fransuz tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha maxsus dasturlarni ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Bundan tashqari, hamkorlikda ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama diplom (Double Degree) olish boʻyicha Fransiya va Oʻzbekiston universitetlarining hamkorligini yoʻlga qoʻyishga doir ishlarni jadallashtirish, yozgi treninglarni tashkil etish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.