Makutbda bosh kotib Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini mamlakatda taqiqlash uchun qabul qilingan yangi qonunga norozilik bildirdi.
«Men sizni va Isroil hukumatini potensial halokatli oqibatlarning oldini olishga va bosib olingan Falastin hududlari, jumladan, Sharqiy Quddusda UNRWAning xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlariga muvofiq faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berishga chaqiraman», deya Guterrishning maktubidan iqtibos keltiradi AFP.
Guterrishning taʼkidlashicha, “Isroil, bosqinchi davlat sifatida” “aholining ehtiyojlari qondirilishini taʼminlash” uchun masʼul boʻlib qolishi kerak.
«Agar Isroil buni uddalay olmasa, u BMTning ushbu maqsadlardagi faoliyatini, shu jumladan UNRWA faoliyatiga ruxsat berishga va yordam berishga majburdir», deydi BMT Bosh kotibi Netanyaxuga yoʻllagan maktubida.
Isroil bu tashkilotni uzoq vaqtdan beri tanqid qilib keladi. Yangi qonun 2023-yil 7-oktyabrda HAMASning Isroilga hujumida UNRWAning bir necha xodimlari ishtirok etgani haqidagi maʼlumotlar tufayli ishlab chiqilgan.
Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha BMTning Yaqin Sharq agentligi kelasi yili Isroildagi “barcha faoliyatini” toʻxtatishi kerak. Ushbu qonun loyihasi 28-oktyabr kuni Isroil parlamenti tomonidan 92 ta ovoz bilan maʼqullandi, deb xabar beradi dw.com.
Dpa agentligining aniqlik kiritishicha, qabul qilingan qonun UNRWA Falastin hududlarida ham oʻz faoliyatini davom ettira olmasligini anglatadi, chunki Isroil barcha chegara oʻtish joylarini nazorat qiladi.