Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat — Prezident

    Siyosat 30 Iyun 2025 497

    “Yosh avlodni turli zararli taʼsirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli maʼlumotlarni yetkazish va targʻib qilish doim eʼtiborimiz markazida boʻlishi zarur”, — dedi Prezident.

    Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, sanʼat, adabiyot, tarix va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga moʻljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun masʼul boʻlishi qayd etildi.

    Joriy yildan boshlab mahallalarda oʻtkazilgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targʻib etadigan muhim harakatga aylandi.

    “Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini koʻz qorachigʻidek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

    Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat”, — dedi Prezidentimiz.