“Ural”ni eslaysizmi? U Qozog'istonda ham ishlab chiqariladi

    Qozog'istonda Rossiyaning “Ural” mototsiklini ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi.

    Bu haqda Qozog'iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi sanoatni rivojlantirish qo'mitasi raisi o'rinbosari Oljas Saparbekov ma'lum qildi, deya xabar berdi Kazinform.

    Unga ko'ra, Rossiyaning “Ural” mototsiklini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Qozog'istonda ham zavod ochishga qaror qilgan. Qozog'istonda ishlab chiqarilgan mototsikllarni eksportga yo'naltirish ham rejalashtirilgan.

    Shuningdek, mamlakat avtomobilsozligida mahalliy tarkibning o'rtacha darajasi 33 foizni, ayrim modellarda esa 50 foizga etgani eslangan xabarda Oljas Saparbekovning quyidagi fikrlari keltirilgan:

    — Mahalliy tarkib ulushini hisoblashning tasdiqlangan metodologiyasi mavjud bo'lib, u nafaqat butlovchi bazadan, balki Qozog'istonda qolgan qo'shilgan qiymatdan, ishchilarning ish haqi va avtomobil` ishlab chiqarishga yo'naltirilgan boshqa xizmatlardan ham shakllanadi.

    Lokalizatsiyaga kelsak, bunga o'zlashtirilgan texnologiyalar va boshqa jarayonlar, jumladan, payvandlash, bo'yash va yig'ish orqali erishiladi. Mayda uzelli yig'ish 1000 ga yaqin operatsiyadan iborat. Bugun biz butlovchi qismlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha majburiyatlar paydo bo'lgan yangi bosqichga o'tmoqdamiz.