Uranga istiqbolli hududlar oʻrganilmoqda

    “Navoiyuran” DK tasarrufidagi “Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHMga qarashli “Nurota” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi oʻzining geologiya-qidiruv ishlari orqali Nurota togʻ tizmasi hamda Forish, Konimex, Uchquduq, Nurota, Tomdi tumanlari hududlaridagi uranga istiqbolli hududlarda oʻrganishlar olib bormoqda.

    Hozirda ushbu maydonlarda geologiya-qidiruv ishlari uchun burgʻilash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda “Nurota” GQE tomonidan Forish tumani hududida joylashgan “Arnasoy”, Konimex tumani hududida joylashgan “Markaziy Chordara”, “Madaniyat”, “Koʻxnur”, “Janubiy Konimex”, “Janubiy Bukinay”, Nurota tumani hududida joylashgan “Qizilcha”, Tomdi tumani hududida joylashgan “Shimoliy Auminza” dala maydonlarida burgʻilash ishlari olib borilmoqda.

    Bu orqali “Nurota” GQEda uranga istiqbolli hududlarni oʻrganish rejalashtirilgan. Joriy yilning noyabr oyi holatiga ekspeditsiyada 24 ta burgʻilash qurilmalari mavjud.Ushbu burgʻilash qurilmalari bilan 2023-yil davomida 440 000 pogona metr burgʻilash ishlari amalga oshirilgan boʻlsa, 2024-yil yakuniga qadar burgʻilash ishlarini 541 000 pogona metrga bajarish rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda ekspeditsiyada 700 nafar muhandis-texnik va ishchi-xodimlar ushbu rejani oʻz muddatida va sifatli bajarish uchun sidqidildan mehnat qilishmoqda.


    “Navoiyuran” DK axborot xizmati

    

    Reklama