Tashrif avvalida rektor Lyaonin pedagogika universitetining Partiya Bosh kotibi Liu Hong xonim bilan uchrashib, Xiva shahrida tashkil etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialining tashkiliy jarayonlari hamda istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, universitet prorektori Li Yujyun boshchiligida oʻtkazilgan muzokaralarda Xalqaro hamkorlik boshqarmasi mutasaddilari va institut direktorlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Lyaonin pedagogika universiteti hamda Urganch davlat universiteti oʻrtasida imzolangan uch tomonlama bitimning mazmun-mohiyati, tomonlarning vazifalari, vakolatlari va majburiyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Safar doirasida boʻlib oʻtgan “Xitoy–Oʻzbekiston gumanitar almashuv va mintaqaviy sivilizatsiyalarni oʻzaro oʻrganish” simpoziumida Feruza Madrahimova Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi taʼlim hamda ilmiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida maʼruza qildi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaga Lyaonin pedagogika universitetining Faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu yuksak eʼtirof ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi samarali hamkorlikning amaliy natijasi, shuningdek, Urganch davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzi va ilmiy salohiyatiga berilgan munosib bahodir.
UrDU Matbuot xizmati
Reklama