Shu munosabat bilan ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etish, bandligini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bugun, 7-iyun kuni Urganch davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirni oʻz kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori Bahrom Abdullayev talaba-yoshlarni oʻzlari qiziqqan kasbni egallash yoʻlida olgʻa intilishga, kuchli salohiyat bilan mehnat bozorida munosib oʻrin egallashiga chaqirdi.

Bitiruvchilarni bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlashda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi, ularni sifatli taʼlim olishlari uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar xususida toʻxtalib oʻtdi.