Joriy yilning 25-30 noyabr` kunlari Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi tarkibida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova Xitoy Xalq Respublikasining qator viloyat va shaharlarida xizmat safarida bo'ldi.
Safar chog'ida Guansi, Gansu viloyatlari va Nankin shahridagi OTMlar rektorlari bilan muzokaralar o'tkazildi. Nanning pedagogika universiteti, Nankin texnologiyalar universiteti hamda Lanjou transport universiteti bilan kelishuvlarga erishildi. Delegatsiya a'zolari Fangchenggang, Nanning va Lanjou shaharlarida tashkil etilgan xalqaro forumlarda ishtirok etdi.
Safar davomida UrDPI rektori Lanjou shahridagi OTMlarda tahsil olayotgan vatandoshlarimiz — o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ularning sohasi bo'yicha puxta bilim egallashi hamda O'zbekiston ravnaqi uchun xizmat qiladigan etuk kadrlar bo'lishida muvaffaqiyat tiladi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.