Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimovaga BZT Turon akademiyasi tomonidan “Faxriy doktor” unvoni berildi.

Mazkur unvon Oʻzbekiston-Ozarbayjon xalqaro aloqalarini mustahkamlash, xususan, oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari uchun Ozarbayjon-Turkiya hamkorligida tashkil etildi.

Maʼlumki, rektor F.Madrahimova joriy yilning noyabr oyida Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan milliy madaniyatlar va sanʼat boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada maʼruza bilan ishtirok etib, qator turkiy davlatlar OTMlari bilan memorandumlar imzolagan edi.