Urganch davlat pedagogika institutida 1500 tupdan ziyod koʻchat ekildi

    Mamlakatimiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizgʻin pallaga kirdi. Jarayonda oliy taʼlim muassasalari ham faol qatnashmoqda. Shunday tadbirlardan biri Urganch davlat pedagogika instituti akademik litseyi hududida boʻldi.

    OTM rektori Feruza Madrahimova boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 900 tupga yaqin shaftoli, behi, olma, gilos, archa hamda boshqa turdagi manzarali daraxt va butalar ekildi.

    Kuni kecha loyiha doirasida 600 ga yaqin mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek, butalar ekilgan edi. Ekish jarayonlari davom etadi.