Tadbirda Rossiyaning Oltoy universitetidan biologiya fanlari doktori, professor Roman Yakovlev hamda tarix fanlari nomzodi, dotsent Lidiya Yakovleva so'zga chiqib, institutning bugungi xalqaro hamkorligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida fakul`tet va kafedralarning ilmiy ishlanmalari namoyish etildi. Kunning ikkinchi yarmida MDH davlatlari talaba-yoshlari ishtirokida “YOshlar innovatsiya tarafdori” mavzusida seminar o'tkazildi. Seminarda onlayn muloqot orqali Qozog'iston milliy badiiy akademiyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etdi.
Kun yakunida innovatsion g'oyalar haftaligida faol ishtirok etgan xorijlik mehmonlar, professor-o'qituvchilar va ommaviy axborot vakillari alohida e'tirof qilinib, tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.