Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

    Hukumatning “Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (621-son, 03.10.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi etib qayta nomlandi.

    Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

    • uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
    • talabalarda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
    • ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
    • tibbiyot taʼlimi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish.

    2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.