Urganch davlat universiteti dekani pora bilan ushlandi

    Xorazm viloyatida ijodiy (kasbiy) imtihondan oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilgan dekan qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.O'.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda oʻtkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan oʻtishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSh dollari va 2,5 mln soʻm olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.