Hindistonning Bharati Vidyapeeth tadqiqot va menejment oʻrganish instituti bilan joriy yil 16-dekabrda imzolangan memorandum asosida jami 100 nafar talaba 10 kun davomida almashuv oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etyapti.
31-dekabrgacha davom etadigan onlayn interaktiv mashgʻulotlarning yakunida oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajargan oʻzbekistonlik va hindistonlik talabalarga xalqaro sertifikat beriladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.