Mazkur forum doirasida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti, Lanzhou Jiaotong universiteti va Lanchjou sanʼat va fan universitetlari bilan shartnomalar imzoladi.
Ushbu shartnomalar talabalar almashinuvi va akademik taʼlim dasturlari, UrDU talabalari uchun onlayn xitoy tili va hamkor universitet talabalari uchun rus tili kurslari yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayonlarga professor-oʻqituvchilarni jalb qilish, birgalikda qoʻshma loyihalarni ilmiy loyihalar amalga oshirish, universitet professor-oʻqituvchi va yosh olimlarining stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish singari koʻplab manfaatli kelishuvlarni koʻzda tutadi.
Shuningdek, forum doirasida Urganch davlat universiteti va Tyanszin xorijiy tillar universiteti oʻrtasida ham hamkorlik oʻrnatildi. Oʻzbekiston–Xitoy taʼlim forumi Xitoyning Tyanszin shahrida davom etdi.
Unda Oʻzbekiston-Xitoy: Tyanszin oliy taʼlim sohasida hamkorlik forumida yurtimizning qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari qatori Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda prorektor Gʻ.Oʻrazboyev ham ishtirok etdi.
Rektor B.Abdullayevning Tyanszin shahriga tashrif davomida Urganch davlat universiteti va Tyanszin xorijiy tillar universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik kelishuvi oʻzaro professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqot va taʼlim sohasidagi istiqbolli aloqalarni koʻzda tutadi.











