Uchrashuv avvalida, vazir A.Toshqulov universitet talabalari bilan koʻrishib, ular bilan samimiy suhbat qurdi. Jumladan, talabalarning mamlakatimizda chet tillarini rivojlantirish boʻyicha qilinayotgan islohotlar borasidagi fikrlariga quloq tutdi.
Shuningdek, vazir talabalarni yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda qunt bilan bilim olishga chaqirib, oʻzining tavsiyalarini berdi.
Qisqa uchrashuv davomida, vazir universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar-joyi bilan taʼminlanganlik darajasi, shuningdek, 2021–2022-yillarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 2 ming oʻrinli oʻquv-binosi hamda kapital rekonstruksiya qilinishi moʻljallangan 600 oʻrinli talabalar turar-joyining qurilish rejalari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.