Abituriyentlar erta tongdan imtihonga shay holatda universitetga tashrif buyurdilar. Ularni UrDU Qabul komissiyasi aʼzolari hamda universitet rahbariyati kutib olib, sinovlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Bugun:

Rangtasvir: dastgohli (kunduzgi)

Sport faoliyati: badminton (kunduzgi)

Sport faoliyati: futbol (kunduzgi)

Sport faoliyati: ogʻir atletika (kunduzgi)

Sport faoliyati: stol tennis (kunduzgi) kabi yoʻnalishlarida jami 128 nafar talabgor kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.

Abituriyentlarimizning ota-onalari va kuzatuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida universitet Madaniyat saroyida imtihon jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi: https://camera.urdu.uz/#####re...

Ayni paytda ota-onalar salqingina auditoriyada farzandini imtihon jarayonini kuzatish bilan birgalikda Pedagogika fakulteti koʻngilli sanʼatkor yoshlarining ijodiy chiqishlaridan ham bahramand boʻlmoqdalar.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassisliklari boʻyicha imkoniyatlarini, bilim va malaka darajalarini kasbiy koʻnikmalarini ijodiy hamda jismoniy qobiliyatlarini aniqlashdan iboratdir.

Ijodiy imtihonlarni adolatli, shaffof oʻtkazilishini nazorat qilish maqsadida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi ham jarayonlarni kuzatmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari keng jamoatchilik vakillari, jumladan, OAV xodimlari, blogerlar tomonidan kuzatilmoqda.

Qolaversa, abituriyentlar ota-onalarining Urganch davlat universiteti haqidagi mulohazalari hamda imtihonlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq masalalar haqida fikrlari bilan tanishish, takliflarini oʻrganish maqsadida universitet psixologlari tomonidan soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda. Bu, oʻz navbatida, jarayonlarni yana ochiq va ravshan, shaffof oʻtishiga zamin yaratadi.

Sinovlar oʻtkazilayotgan hududlarga xavfsizlikni taʼminlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar 3-avgust sanasigacha davom etadi

Muhim eslatma! Abituriyentlar ijodiy imtihon kunlari oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID), roʻyhatdan oʻtganligi boʻyicha qayd varaqasi bilan kiritiladi hamda tegishli sport formasi va kerakli jihozlarini olib kelishi soʻraladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari universitet veb sayti (urdu.uz) hamda Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasi(@urdu_pressa)da imtihon tugagandan soʻng 24 soat ichida eʼlon qilinadi.

Norozilik (apellatsiya) arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellatsiya komissiyasi tomonidan bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Call-markaz:

+99862 224 66 17

+99862 224 66 18

+99862 224 66 19

+99862 224 66 35