Urganch shahrida yana bitta yirik korxona ish boshlaydi

    Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Ko'hna diyor tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarshali trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo'ljallangan korxona ishga tushirilish arafasida.

    Umumiy loyiha qiymati 37,3 milliard so'mni tashkil qiladigan korxonaga uskuna va jihozlar Xitoydan keltirib, o'rnatildi. Bu yerda mahalliy xomashyo — paxta tolasidan yuzdan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari tikilib, mahalliy va xorij bozorlariga yetkazib beriladi.

    Yillik ishlab chiqarish quvvati 105,8 milliard so'mni tashkil qiladigan yangi korxonada shaharlik uch yuz nafar yoshlar muqim ish bilan ta'minlanadi. Hozirda korxona uchun malakali tikuvchilar tayyorlash maqsadida shahardagi “Monomarkaz”da xotin-qizlar o'qitilib, ularga kasb sirlarini egallagani haqida sertifikatlar topshirilyapti.

    E'tiborli tomoni, bu korxonaga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan xotin-qizlar ishga qabul qilinyapti.

    Ro'zimboy Hasan,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri.