Urganch shahriga 30 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

    Urganch shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida zamonaviy avtobuslari olib kelinishi davom etmoqda.

    Transport vazirligining xabar berishicha, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Bunyod yoʻlovchi tashish” korxonasi tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona “Zong tong” rusumli avtobuslar keltirildi.

    Korxona tomonidan “Oʻzmilliybank” AJning imtiyozli kreditlari asosida qariyb 8 million dollar evaziga jami 80 dona “Zong tong” rusumli avtobuslarni xarid qilindi.