Urganch tumanida oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan korxona faoliyati fosh etildi

    Xavfsizlik 6 May 2021 491

    “X.O.” MCHJ tomonidan tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib qoʻlbola usulda tayyorlangan 10 ta gaz yondirgichlardan foydalanib kelingan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.O.” MCHJ tomonidan tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib qoʻlbola usulda tayyorlangan 10 ta gaz yondirgichlardan foydalanib kelinganligi, shuningdek ushbu yondirgichlardagi gaz bosimi belgilangan meʼyorlardan yuqoriligi natijasida hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan “X.O.”MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.