“Urganch” xalqaro aeroportidan “Urganch-Istambul” reysi orqali uchib ketayotgan chet el fuqarosi R.V. gumon qilinib unga tegishli boʻlgan shaxsiy buyumlar solingan qoʻl sumkasi ichida, ogʻzaki soʻrov paytida aytilmagan, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taʼqiqlangan, 50 dona (1898, 1903, 1908, 1911, 1914, 1916, 1961, 1962, 1963) yillarda va temuriylar davri tangalari boʻlgan, taxminan XV asrlarda Buxoro va Samarqandda zarb etilgan misdan yasalgan qadimiy tangalarni olib ketayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahar sudining qaroriga asosan davlat egaligiga oʻtkazilgan. Hozirda ushbu qadimiy tangalar “Xiva Ichan-qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonaga topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.