Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “R.F.” xususiy korxonasi rahbari Y.R. tegishli ruxsatnoma olmasdan korxonaga qarashli dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, 855 turdagi jami 48 391 dona umumiy bahosi 239 mln soʻmlik dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.