Jumladan, Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida 2005-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati ana shu buyuk maqsadlar yoʻlida kichik debochadir.
Musobaqa yigitlar va qizlar oʻrtasida alohida, turli vazn toifasida tashkil etildi. Unda ishtirok etgan 669 kurashchidan 180 nafari qizlar boʻldi.
Yigitlar oʻrtasidagi bahslarda Eldor Hamroyev (Buxoro, 38 kg.), Dilshod Shopoʻlatov (Navoiy, 42 kg.), Ramziddin Xayriddinov (Buxoro, 46 kg.), Bobur Oripov (Sirdaryo, 50 kg.) Jasur Shakarboyev (Jizzax, 55 kg.), Elbek Toshxonov (Navoiy, 60 kg.) Bobur Oʻroqov (Buxoro, 65 kg.), Azamat Djenboyev (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 71 kg.), Murodilla Egamberdiyev (Qashqadaryo, 77 kg.), Bobur Normurodov (Qashqadaryo, 83 kg.), Mahmud Maqsudov (Toshkent shahar, +83 kg.) birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Qizlar oʻrtasidagi kurashda esa Dildora Hamroyeva (Buxoro, 33 kg.), Umida Burxonjonova (Namangan, 36 kg.), Maftuna Xolmatova (Fargʻona, 40 kg.), Aziza Najimova (Samarqand, 44 kg.), Gavhar Ahmedova (Buxoro, 48 kg.), Sevinch Ahmedova (Navoiy, 52 kg.), Sarvinoz Husanova (Samarqand, 87 kg.), Muxlisa Turdiyeva (Qashqadaryo, 63 kg.), Mohlaroyim Toʻxtamishova (Toshkent shahar, +63 kg.) gʻoliblikni yoʻlga kiritdi.
Chempionatda yosh iqtidorli kurashchilar saralab olindi. Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.