баннер
13 Apr 2025
05:14

    Urganchda ratsiya, uyali aloqa vositasi va psixotrop moddalar yoʻq qilindi — MIB

    Majburiy ijro byurosi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda nomuvofiq va yaroqsiz deb topilgan hamda jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan tovar moddiy boyliklar yoʻq qilindi.

    Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Urganch shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan sudlar tomonidan taqdim qilingan ijro hujjatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning tegishli bandlariga asosan nomuvofiq va yaroqsiz deb topilgan tovar moddiy boyliklarini yoʻq qilish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tadbirda jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan uyali telefon apparati, ratsiya apparatlari, maxsus yorituvchi mayoqcha moslamalari, lazerli nur tarqatgich, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, jami 10 ta ijro hujjatlari boʻyicha jami 77 dona qiymati 31 mln. soʻmga yaqin daliliy ashyolar yoʻq qilindi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech