Videoyozuvda aks etilgan holat bo‘yicha 2-iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, 1 nafariga "qamoqqa olish" va 6 nafariga "munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat" ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tergov davom etmoqda.